Leno bugun "Arsenal" safida debyut qiladi

Aslanov Jasurbek
20 sen 2018, 15:22
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emerining so'zlariga ko'ra, yozda xarid qilingan darvozabon Bernd Leno bugun "Vorskla"ga qarshi bo'lib o'tadigan Yevropa ligasi uchrashuvida maydonga tushadi.

"Bernd Leno "Vorskla" bilan bahsda ishtirok etadi. Unga o'yin amaliyoti kerak. U Yevropa ligasidagi barcha o'yinlarda darvozamizni qo'riqlashi aniq emas, chunki har bir o'yindan oldin qarorni men qabul qilaman.

Chempionat boshlanishi oldidan Lenoga darvozabonlar bilan bog'liq holat haqida aytib bergan edim. Hozircha Chex xafsalamni pir qilgani yo'q. U yaxshi o'ynayapti va jamoaga foyda keltirmoqda. Bu Lenoga halaqit qilmaydi, u mashg'ulotlarda yaxshi ishlamoqda va har bir imkoniyatdan unumli foydalanishga tayyor" - deydi Emeri.

"Arsenal" - "Vorskla" uchrashuvi 21 sentyabrga o'tar kechasi 00:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola