

"G'oyalar bor. Jamoamiz juda ham katta. Agarda futbolchilar doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa, o'zgarishlar bo'lishini istaydi. Bu esa men, rahbariyat va futbolchi o'rtasida muhokama qilinadi. Shundan keyin biz barchasiga baho beramiz.
Ammo hozirda bu borada o'ylamayapman. Mavsum startidan oldin ko'plab futbolchilarni sotib oldik. E'tiborim ularga qaratilgan. Ammo vaziyatga qaraymiz", - dedi Lempard.



