Lempard: "Kante sotilmaydi"

Mirjalol Normatov
12 sen 2020, 11:49
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard yarim himoyachi Ngolo Kantening jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Inter" hamda "Manchester Yunayted" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'layotganligi aytilgandi.

"Kanteni hamma klublar o'z jamoasi tarkibida ko'rishini istaydi. U ajoyib shaxsiyatga ega bo'lgan zo'r futbolchi, shu sababdan uni yo'qotishni istamayman. Ngolo bizning loyihamizdagi asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi. Kante sotilmaydi, uni jamoada saqlab qolamiz", - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal