Lempard: "Biz Kanteni xavf ostiga qo'ymoqchi emasmiz"

Mirjalol Normatov
29 sen 2019, 15:15
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempardning aytishiga ko'ra, yarim himoyachi Ngolo Kante YCHL doirasida "Lill"ga qarshi o'yinda qatnashishi mumkin.

"Kante bilan bu borada gaplashib olganmiz. Uni xavf ostiga qo'ymoqchi emasman. Jarohatidan keyin u to'laqonli mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Shu boisdan u o'zining ritmiga tusha olmayapti. Bugun ham uning salomatligidan qo'rqdik. Balki "Lill"ga qarshi bahsda u maydonga tushishi mumkin", - dedi Lempard.

"Chelsi"ning YCHL doirasida "Lill"ga qarshi bahsi 2 oktyabr kuni o'tkaziladi,

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express