Leyton Beyns: "Everton"ga o'tganimdan buyon, bu yerdagi har bir daqiqamni qadrlayman""

Tolibjon Qosimov
28 yanv 2014, 16:06
"Everton" himoyachisi Leyton Beyns klub bilan yangi shartnoma imzolaganidan keyin, matbuotga intervyu berdi.
"Yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishganimizdan mamnunman. "Everton"da meni har doim hamma narsa qoniqtirib kelgan.

Bu ajoyib futbol klubi va men intizorlik bilan yaqin kelajakda biror sovrinni qo'lga kiritishni kutyapman.

Klub rahbariyati, murabbiy, uning shtabi, futbolchilar va albatta muxlislar bilan munosabatlarim ham zo'r. 

2007 yilda "Everton"ga o'tgan paytimdan buyon bu yerda kechgan har bir daqiqamni qadrlayman", dedi Beyns.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru