

Qarshining “Nasaf” klubi sobiq futbolchisi “Muharraq”ning Qirol Kubogi chorak finali doirasidagi “Manama” klubiga qarshi kechgan uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushib, o'z debyutini nishonladi. Shohruh to'liq harakat qilgan o'yinda uning jamoasi 6:2 hisobida yirik g'alabaga erishdi va Qirol Kubogi yarim finaliga yo'l oldi.
Shohruh Gadoev yangi klubi tarkibida 24-raqam ostida harakat qilmoqda.
Takidlash kerakki, 24 yoshli futbolchi O'zbekiston milliy terma jamoasi safida shu vaqtga qadar 12 uchrashuvda maydonga tushib, bir golga mualliflik qilgan.



