"Lechche" hujumchiga kalla qo'ygan bosh murabbiyni iste'foga chiqardi

Aslanov Jasurbek
11 mar 2024, 16:51
"Lechche" rahbariyati "Verona" futbolchisi bilan bo'lgan mojarodan so'ng bosh murabbiyni ishdan bo'shatdi.

A Seriyaning 28-turidan o'rin olgan "Lechche" - "Verona" (0:1) bahsidan so'ng mezbonlar ustozi Roberto Daversa oldinroq Marin Pongrachich bilan kelisha olmay qolgan "Verona" hujumchisi Toma Anriga boshi bilan zarba berdi.

Zarbadan so'ng fransiyalik futbolchi yiqildi va murabbiyga javob qaytarishga urindi, ammo uni bir necha futbolchil va "Verona" murabbiylari ushlab qolishdi. Hakam Daniele Kiffi mojaroning ikki vakiliga qizil kartochka ko'rsatdi.

Keyinroq "Lechche" bosh murabbiyning harakatlarini qoralab, uni iste'foga chiqardi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uslecce.it