Lazizbek Mirzaev: "Menga Ronalduning o'yini yoqadi. Jarima zarbalarini esa tez-tez mashq qilaman"

Omonjon To`xtamirzayev
22 noya 2023, 19:10
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi sardori Lazizbek Mirzaev U-17 jahon chempionati 1/8 finalidan o'rin olgan Angliyaga qarshi uchrashuv (2:1) taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jamoamizning g'alabasiga hissa qo'shganimda juda xursandman. Jarima zarbalari borasida maxsus mashg'ulotlar o'tkazdik. Yordamchi murabbiyimiz bizga bu borada yordam berdi, shu bois bugungi uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo'ldim. 

Menga Krishtianu Ronalduning o'yin uslubi yoqadi. Odatda, jarima zarbalarini tez-tez mashq qilib turaman", dedi o'zbekistonlik yarim himoyachi.

Eslatib o'tamiz, Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari chorak finalda Fransiya - Senegal bellashuvi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.

 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia