Lassina Traore jamoasini o'zgartirdi

Mirjalol Normatov
18 iyun 2021
Forvard Lassina Traore "Ayaks"dan "Shaxtyor"ga o'tdi.

Transfer summasi 8 mln evroni tashkil qilgan. 20 yoshli futbolchi "konchilar" bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Burkina-fasolik futbolchi bilan "Atalanta", Dortmundning "Borussiya"si kabi klublar ham qiziqish bildirgandi.

Traore "Ayaks" tizimida 2019 yildan buyon bor. U  asosiy jamoa tarkibida 31 o'yinda qatnashib, 12 gol va 12 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FCShakhtar