Laporta: "Xaviga Gvardioladan ko'ra qiyinroq bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
8 noya 2021, 20:15
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaga Xavining bosh murabbiy etib tayinlanishi haqida gapirdi.

- Biz Xaviga to'liq ishonamiz. U hali shakllanmagan jamoani qabul qilayotgani uchun qiyin ahvolda. Frank Raykard uchun ham xuddi shunday qiyin holat bo'lgandi. Ammo Xosep Gvardiolaga nisbatan osonroq bo'ldi, chunki u kelgan paytda jamoa allaqachon shakllangan edi, – deydi Laporta.

Xavi 20 noyabr shanba kuni "Barselona" bosh murabbiyi sifatida ilk o'yinini o'tkazadi. Shu kuni "ko'k-anorranglilar" o'z maydonida "Espanol"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com