Laporta "Real"ning "Oltin to'p"ni boykot qilishi haqida: "Sportda yutqazishni ham bilish kerak"

Administrator
23 sen 2025, 20:54
Kecha "Oltin to'p" marosimi o'tkazildi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Real"ning "Oltin to'p"ni boykot qilishi haqida fikr bildirdi.

"Real Madrid" o'tgan yilgidek, Parijdagi marosimga kelmadi. O'shanda "Oltin to'p" Vinisius Juniorga berilmasligi marosim kuni ma'lum bo'lgandi. Bu yilgi mukofotni PSJ futbolchisi Usman Dembele qo'lga kiritdi.

- "Real"ning bu poziciyasi haqida nima deysiz?

- Ular xohlagan narsasini qilaverishsin. Biz "Barselona" haqida qayg'uramiz. Mukofotga nomzodlar va tashkilotchilarga hurmat yuzasidan marosimlarda qatnashamiz.

Biz sportni shunday tushunamiz. G'alaba qozonish ham, mag'lubiyatga uchrash ham mumkin. Yutqazishni bilish kerak. Baxtimizga, ko'p g'alaba qozonib, kam mag'lubiyatga uchrayapmiz, - dedi "Barsa" prezidenti Laporta.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Diario Sport