Laporta: "Kumanning kelajagi bugungi natijaga bog'liq emas"

Aslanov Jasurbek
23 sen 2021, 22:30
"Barselona" bugun "Kadis" bilan o'ynaydi.

"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta bosh murabbiy Ronald Kumanning ketishi borasidagi savobga javob berdi. 

"Kumanning kelajagi bugungi natijaga bog'liq emas. Biz murabbiy bilan birgamiz. U "Barsa"ning asosiy jamoasini boshqaryapti. Kuman bizning murabbiy. U va uning jamoasi ishlamoqda. Bugun biz ular bilanmiz. Biz har doim klub foydasiga qarorlar qabul qilamiz. Agar yuqoridagi mavzu bo'yicha qaror qabul qilinishi kerak bo'lsa, u holda biz bu qarorni qabul qilamiz", -deydi Laporta.

Avvalroq, "Kadis" bilan qayd etiladigan har qanday natija Kuman uchun klubdan ketish bilan yakun topishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito