Laporta: "De Yongga qiziqayotganlar juda ko'p"

Mirjalol Normatov
3 iyul 2022, 10:54
"Barselona" prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Frenki De Yongning jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.

"Frenki - dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri. Unga qiziqiayotgan klublar juda ko'p. "Manchester Yunayted" bu yerda faqatgina bir o'zi emas. Biroq biz uni sotib yubormoqchi emasmiz, uning o'zi ham jamoada qolishni istaydi.

Garchi imkoniyatlarimiz cheklangan bo'lsa-da, uni saqlab qolishga harakat qilamiz. Hozir ko'p narsa futbolchilarning maoshiga borib taqalmoqda. Ayrim futbolchilarga o'z darajasidan yuqori maosh taklif qilib, jamoadan olib ketishyapti. Bu bilan ishlash kerak", - dedi Laporta.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Esportiu