LaLiganing o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va darvozaboni aniqlandi

Mirjalol Normatov
29 noya 2021, 23:50
"Marca" nashri LaLiganing o'tgan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi va darvozaboniga sovrinlarini topshirdi.

Unga ko'ra, LaLiganing o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sifatida "Atletiko" forvardi Luis Suares qayd etilgan bo'lsa, eng yaxshi murabbiy sifatida "matraschilar" ustozi Diego Simeone qayd etildi.

Shuningdek, "Atletiko" posboni Yan Oblak yilning eng yaxshi darvozaboni bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/atleticodemadrid/