LaLigadan quyiga tushib ketadigan ilk jamoa nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
5 may 2019, 12:28
Primeroning 36-turi yakunlariga ko'ra, "Rayo Valekano" Segundaga tushib ketgan ilk jamoa bo'ldi.

Shanba kuni "Selta" "Barselona"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi, madridliklar esa "Levante"ga 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi. Ushbu natijalardan keyin "Rayo"ning Primeroda jon saqlab qolishiga hech qanday imkoniyat qolmadi.

Agarda "Ueska" bugun "Valensiya"ni yuta olmasa, Segundaga tushib ketadigan ikkinchi jamoaga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia