LaLigada mavsumning eng yaxshi futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2023, 19:18
"Barselona" matbuot xizmati darvozabon Mark-Andre ter Shtegen LaLigada mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lganini ma'lum qildi.

Ushbu mavsumda 31 yoshli germaniyalik posbon Ispaniya chempionatida 38 o'yinda qatnashib, 26 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shu orqali u mamlakat chempionati rekordini takrorladi.

Ter Shtegen "Barselona"da 2014 yildan buyon harakat qilmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona