"Real" LaLigadagi yubiley g'alabasini nishonladi

9 fev 2019, 23:59
Ispaniya chempionatining 23-tur uchrashuvida "Real" hamshahri hisoblangan "Atletiko"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Mazkur g'alaba "qirollik klubi"ning mehmondagi olti yuzinchi muvaffaqiyati sifatida qayd etildi. "Real" bu marrani zabt etgan birinchi klub bo'ldi.

Ikkinchi o'rinda "Barselona" (551ta g'alaba) bormoqda. Ro'yxatning kuchli uchligini "Atletiko" klubi yakunlab beradi - 408ta g'alaba.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/pedritonumeros