LaLiga. "Barselona" navbatdagi turni yulduzlarsiz o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
12 apr 2019, 23:45
Ispaniya chempionatining 32-turi doirasida "Barselona" mehmonda "Ueska”ga qarshi to'qnash keladi.

"Ko'k-anorranglilar" tomonidan bo'lajak bahs uchun chiqarilgan qaydnomaga Lionel Messi va Serxio Buskets dam berilgani uchun, Jerar Pike hamda Luis Suares sariq kartochkalar ko'payib ketgani bois kiritilmadi. Shuningdek, kataloniyaliklar lazaretidagi Tomas Vermalen, Serxi Roberto, Rafinya va Ivan Rakitich ham ro'yxatdan joy olmagan. 

"Ueska” – Barselona uchrashuvi ertaga, 13-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca