"Lacio" prezidentining diskvalifikaciyasi 12 oyga qadar uzaytirildi

Alisher
1 may 2021, 16:53
"Lacio"ning klub prezidenti Klaudio Lotitoning diskvalifikaciyasi borasidagi appelyaciyasi Italiya futbol federatsiyasi tomonidan rad etildi.

Oldinroq rahbar COVID-19 protokolini buzgani uchun 7 oyga chetlatilgan edi. Sud bu muddatni 12 oyga qadar uzaytirdi.

Bundan tashqari, Rim klubi tibbiy shtabining ikki a'zosi yillik diskvalifikaciyani olishdi. "Lacio" shuningdek 200 ming evro jarima to'laydi.

"Burgutlar" Italiya chempionatida 32 o'yindan so'ng 61 ochko jamg'argan holda jadvalda 6-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia