"Lacio" Grifo bilan shartnoma imzolashi mumkin

19 iyun 2020, 23:04
Rimning "Lacio" klubi "Frayburg"ning hujumkor yarim himoyachisi Vinchenco Grifoni xarid qilishi kutilmoqda.

Bu haqida Corriere dello Sport nashri xabar qildi. Futbolchining o'zi ham A Seriyaga qaytishga qarshi emas. 27 yoshli xavbek Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchiniga o'zini ko'rsatmoqchi. 

Ma'lumot uchun, Grifo "Frayburg" safiga 2019 yilning kuzida "Xoffenxaym"dan (7 mln evro) kelib qo'shilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport