"Lacio" "Chelsi" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
12 iyun 2021, 09:58
"Chelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Bir necha kun oldin rimliklar boshqaruviga Maurisio Sarri keldi. U Loftus-Chik bilan "Chelsi"dagi faoliyati orqali yaxshi tanish. 

Italiyaliklar 25 yoshli angliyalik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchilar. 

Yarim himoyachi o'tgan mavsumni "Fulxem"da ijara asosida o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Telegraph