"Lacio" 20 mln. evro evaziga Kandrevani "Inter"ga sotishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 noya 2015, 16:41
"Lacio" yarim himoyachisi Antonio Kandreva faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, klublar bir hafta davomida 28 yoshli futbolchining transferi borasida muzokara o'tkazishadi. Ko'k-qoralar Kandrevani 2016 yilning yozida sotib olmoqchi, ammo agar "Inter"ni himoyachi Andrea Ranokkia tark etsa, kelishuv yanvarda amalga oshishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport