La Liga. Asensiodan xet-trik va "Real Madrid" o'z o'rniga qaytdi

Aslanov Jasurbek
23 sen 2021, 02:55
Ispaniya chempionati 6-turi doirasida "Real Madrid" jamoasi o'z uyida "Malorka"ni qabul qildi.

"Real Madrid" – "Malorka" 6:1
Gollar
: 1:0 – 3 Benzema, 2:0 – 24 Asensio, 2:1 – 25 Li Kan In, 3:1 – 29 Asensio, 4:1 – 55 Asensio, 5:1 – 78 Benzema, 6:1 – 84 Isko.

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho (Santos, 80), Alaba, Militao, Migel Guterres, Valverde, Kamavinga (Antonio Blanko, 60), Benzema (Yovich, 80), Asensio (Isko, 72), Vinisius Junior, Rodrigo (Vaskes, 72).

"Malorka" – Reyna, Sastre, Valent, Gayya (Kosta, 59), Olivan, Battalya, Febas (Sanches, 59), Kubo (Baba, 46), Li Kan In, Lago Djunior (Jordi Mboula, 76), Xopp (Prats, 59).

Ogohlantirishlar: Rodrigo (47), Baba (57), Nacho (67).



La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH



90+4-daqiqa. Bo'ldi, hakamning final hushtagi chalindi va "Real" uch ochkoni ishlab, o'z o'rniga qaytmoqda.

90+3-daqiqa. Yovichda yana bir imkoniyat. Vinisiusning faolligidan keyin hujumchi boshi bilan zarba berdi, ammo hakam o'yin qoidasi buzildi deb topdi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. LUKA Yovich! O'ng qanotdan oshirilgan to'pni forvard qaychi uslubida darvozaga yo'llagandi, darvozabon bu safar jamoasini qutqardi. 

 

84-daqiqa. GOOOOOOL! Navbatdagi gol muallifi Isko! Vinisiusdan assist.

78-daqiqa. GOOOOOL! Benzamadan yana bitta gol. David Alaba golli uzatma muallifiga aylandi. 

60-daqiqaMilitaoga nisbatan o'yin qoidasi buzildi.  

55-daqiqa. GOOOOOOOL! Marko Asensio Benzemaning uzatmasidan keyin xet-trikni rasmilashtirdi! 

49-daqiqa. GOOOL! Karim Benzema chap oyoqda zarba berib, gol urdi... Biroq hakam shoshilmaslikni so'radi va "VAR"dan keyin golni bekor qildi.  

46-daqiqa. Ikkinch bo'lim boshlandi! Birinchi bo'limda jamoalar birgalikda 4ta gol urishgandi, ikkinchi taymda nima bo'larkin? 

45-daqiqa. Birinchi bo'lim yakuniga etdi. Hozircha "Qirollik klubi" oldinda.

39-daqiqa. Rodrigo o'yin tashqari holatda ekan... 

34-daqiqa. Vinisius Junior raqib futbolchisini o'ta osonlik bilan dog'da qoldirdi. Braziliyalik futbolchi to'pni raqibi oyoqlari orasidan o'tkazib, darvoza tomon zarba berdi. Kuchli, lekin noaniq.

30-daqiqa. GOOOOOOL! Bu safar golni sal ko'proq kutdik. Militao-Benzema-Asensio uchligi tashkil etgan hujumni Marko gol bilan yakunladi. Asensio sobiq jamoasi bilan o'yinda dublni rasmiylashtirib ulgurdi.   

25-daqiqa. GOOOOOOL! Darhol javob. Li Kan In individual mahorat evaziga zarba berishga imkon topdi va uning aylanma urinishi oldida Kurtua ojiz qoldi. 

O'zining sobiq jamoasiga bo'lgan hurmat yuzasidan Marko golni nishonlamadi

24-daqiqa. GOOOOOOL! Marko Asensio oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Himoyachiga tegib to'p Markoning oldiga tushdi, yarim himoyachi yaqin nuqtadan darvozabonni "o'qqa tutdi".

18-daqiqa. Xavfli vaziyat bo'lishiga bu safar Nacho yo'l qo'ymadi. U Lago Junior zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

14-daqiqa. "Malorka" qanchalar urinmasin chinakam vaziyat yaratishni uddalay olmayapti. 

7-daqiqa. Marko Asensio burchak zarbasini to'g'ridan-to'g'ri golga aylantirib qo'yishiga sal qoldi. 

Migel Guterresning xatosidan keyin "Real" uchun begona bo'lmagan Kubo imkoniyatga ega bo'ldi, yaponiyalik zarba ham berdi, birozgina noaniq. 

5-daqiqa. "Real" birinchi burchak zarbasini amalga oshirdi, samarasiz. 

3-daqiqa. GOOOOOOL! Karim Benzema himoyachilar xatosidan keyin raqibni kechirmadi va imkoniyatdan unumli foydalanib ketdi.  

Ilk hujum va Karim Benzema offsaydda qolib ketgani ma'lum bo'ldi. 

 1-daqiqa. O'yin boshlandi!


Boshlang'ich tarkiblar.

"Real Madrid" – "Malorka" 

"Santyago Bernabeu" stadioni

"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Alaba, Militao, Migel Guterres, Valverde, Kamavinga, Benzema, Asensio, Vinisius Junior, Rodrigo.

"Malorka" – Reyna, Sastre, Valent, Olivan, Gayya, Kubo, Li Kan In, Battalya, Febas, Lago Djunior, Xopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia