La Liga prezidenti PSJ va "Manchester Siti" butun Yevropa uchun muammo yaratmoqda deb hisoblaydi

Alisher
27 noya 2020, 11:47
Boshqaruvchi ushbu klublarni butun industriya uchun muammo yaratmoqda deb hisoblaydi.

La Liga prezidenti Xaver Tebas PSJ va "Manchester Siti"ni futbolchilarning maoshini juda ham ko'tarib yuborganda aybladi.

"PSJ va "Manchester Siti" daromadidan emas, balki neft va gazdan oladigan pullaridan maosh to'layotgani sabab Yevropa futbolida maoshlar 15%ga o'sdi.

Ularda "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted"dan ko'ra ko'proq homiylar bor, ammo ularning o'z brendlari yo'q. Ularda maoshlar daromaddan ancha yuqoridir. Ularni maoshlarni tushirishga majbur qilish kerak, chunki bu Yevropa futbolida katta muammoga olib keladi", - deydi boshqaruvchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.