La Liga futbolchilari qachon mashg'ulotni boshlashiga aniqlik kiritildi

Eldor Akmurzayev
30 apr 2020, 19:40
Ispaniya chempionatida harakat qilayotgan o'yinchilar 5-7 may kuni koronavirusga test topshirishadi.

48 soatdan keyin esa ularga mashg'ulotlarni boshlash uchun ruxsat berilishi ko'zda tutilgan.

Marca'ning manbasiga ko'ra, buning uchun mamlakat hukumatining roziligi ham talab etiladi.

Ispaniya sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan meyorlarga amal qilinsa, Milliy sport kengashi mavsumni qayta tiklash mumkin, deya hisoblamoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca