

Kataloniyaliklar safida Messi, Suarez, Umtiti va Alba zaxiradan joy olishdi. Bellashuvda Usmon Dembele tezkor qarshi hujumdan keyin ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi. Bo'lim oxirida Kastro o'ng qanotdan uzatilgan to'pni qiyinchiliksiz ter Shtegen qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi.
Ikkinchi bo'limda Paulino yana kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 71-daqiqada raqib hujumchisini ochiqchasiga qo'li bilan to'xtab, hujumni "buzgan" Serxio Roberto maydondan chetlatildi. Bir kishi kam bo'lib qolgan kataloniyaliklar keyingi daqiqalarni asosan himoyada o'tkazishga majbur bo'lishdi. O'yin yakunlanishiga sakkiz daqiqa qolganida “Selta” to'purari Yago Aspas uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi -2:2.



