La Liga. "Atletiko" mehmonda kambek qayd etdi. Suares yana qutqaruvchi rolida

Aslanov Jasurbek
22 sen 2021, 00:56
La Liga 6-tur o'yinlari o'tkazilmoqda.

Jumladan, "Atletiko Madrid" jamoasi ushbu turda "Xetafe" mehmoni bo'ldi. Dastlab gol o'tkazib yuborganiga qaramasdan, Diego Simone shogirdlari o'zlarida kuch topa bilishdi va ikkita gol urib g'alaba qozonishdi. Luis Suares esa ushbu o'yinda jamoaning ikki goliga ham o'zi mualliflik qildi.

"Xetafe" – "Atletiko" 1:2 (1:0, 0:2)

21 sentyabr, 22.30, Koliseum Alfonso Peres

Gollar: 1:0 – 45 Mitrovich, 1:1 – 78 Suares, 1:2 – 90 Suares.

"Xetafe" – Soriya, Iglesias, Mitrovich, Djene, Kuenka, Olivera, Maksimovich, Alenya, Florentinu (Poveda, 90), Mata (Silva, 78), Masias (Unal, 67).

"Atletiko" – Oblak, Tripper (Ermoso, 62), Savich, Ximenes, Lodi (de Paul, 63), Errera (Vrsalko, 84), Karrasko, Lorente, Suares, Grizmann (Mateus Kunya, 67), Korrea.

Ogohlantirishlar: Suares (22), Errera (64), Mata (65), Ximenes (66), Alenya (66), Maksimovich (90), Karrasko (90), Kuenka (90), Mateus Kunya (90).

Chetlatish: Alenya (74).



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia