

“Bizning liga rivojlanish bosqichida. Biz moliyaviy jihatdan APL bilan raqobatlashish imkoniyatiga egamiz. Hatto bu borada ulardan o'zib kyetishimizga ham umid qilaman. Bizning to'rt yilga mo'ljallangan strategik rejamiz mavjud. Agar biz APLdan 15 foiz ortda qolsak ham, men o'zimni baxtli his etaman”, deydi Tebas.
2014/15 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, APL klublari 4,4 milliard evro daromad ko'rgan bo'lishsa, Bundesligada bu ko'rsatkich 2,3 milliard evro, La Ligada 2,05 milliard evroni tashkil etadi. Joriy mavsum yakuniga ko'ra Li Liga daromadlari 3,32 milliard evroga oshishi kutilmoqda.



