La Liga. Bugungi o'yinlardan keyingi holat (FOTO)

Omonjon To`xtamirzayev
29 iyun 2020, 03:40
Ispaniya chempionati 32-turi navbatdagi uchrashuvlari ham ortda qoldi.

Kunning oxirgi bellashuvida Madridning "Real" klubi safarda, Kataloniyada "Espanol" ustidan g'alaba qozondi va chempionlik poygasida "Barselona"dan ikki ochkoga ilgarilab ketdi. 

Zinedin Zidan shogirdlari hisobida endi 71 ochko bor, "Barselona" esa 69 ochkoga ega.

To'liq jadval va to'purarlar ro'yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Tur deyarli ortda qoldi, so'nggi bellashuvda "Xetafe" va "Real Sosedad" jamoalari o'zaro kuch sinashadilar. 

YCHL yo'llanmalari uchun kurash ham hal qiluvchi pallasiga yetib kelgandek. "Atletiko Madrid" odatiy o'rniga qaytishga erishdi va endi "matraschilar"ni quvib yetish bugun o'z o'yinini o'tkazadigan jamoalar uchun ham, "Sevilya" va "Vilyarreal" uchun ham qiyin bo'ladi. To'rtinchi o'rin uchun kurash ham jiddiy tus olsa ajab emas. 

Shubhasiz, bizni hali oldinda biri-biridan qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia