Kutilmagan yangilik: Qaydnomaga kirgan "Barselona" futbolchisi bugun maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2018, 15:48
"Barselona" "Real Sosedad"ga qarshi LaLiganing 19-tur uchrashuvida himoyachi Nelson Semeduni maydonga tushira olmaydi.

Kataloniya klubining "Tvitter"dagi sahifasi bergan ma'lumotga ko'ra, 24 yoshli portugaliyalik futbolchi tonzillit kasalligi tufayli bugungi bahsni o'tkazib yuboradi. Qaydnomada Semedu o'rnini Aleyks Vidal to'ldiradi.

Joriy mavsum Semedu LaLiganing 11ta uchrashuvida maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia