Kutilmagan yangilik! "Inter" sobiq forvardi Lautaro Martinesning keyingi klubini ma'lum qildi, bu "Barselona" emas

Alisher
15 may 2021, 14:20
"Inter" sobiq forvardi Nikola Ventola Kristian Veri bilan suhbatda forvard Lautaro Martinesning faoliyatini "Atletiko"da davom ettirishini aytdi.

"Men sizlarga bombani aytmoqchiman: Lautaro Martines "Atletiko Madrid" klubiga o'tadi. Barchasi kelishilgan. Menga bitim yakunlangani va yaxshigina to'lov bo'lgani haqida aytishdi", - deydi Ventola Twitch'dagi efirda.

Lautaro Martines joriy mavsum "Inter" tarkibida 46ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 9ta assist qayde tdi. Uning shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Qayd etish kerakki, Lautaroning hali "Atletiko"ga o'tishi borasida biror-bir mish-mish ham yangramagan edi. Hujumchi uchun so'nggi paytlarda "Barselona" va APL top-klublari da'vogarlik qilayotgani aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca