Kutilmagan xabar: Pike Ispaniya termasidagi faoliyatini yakunladi
Mirjalol Normatov
11 avg 2018, 23:47
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Ispaniya milliy termasidagi faoliyatini yakunladi.
"Luis Enrike bilan gaplashdim va bu qarorga ancha vaqt oldin kelganimni ma'lum qildim. Ispaniya termasidagi faoliyatimdan mamnunman. Endi faqatgina "Barselona" haqida o'ylayman", - dedi Pike.