Kurtua: “Chelsi” muxlislari meni hushtaklar bilan kutib olmaydi, degan umiddaman”

Eldor Akmurzayev
5 apr 2022, 09:25
“Real” kiperi Tibo Kurtua YCHL 1/4 finalidan o'rin olgan “Chelsi”ga qarshi ertangi bahs oldidan sobiq jamoasi haqida fikr bildirdi.

“Ko'plab titullarni qo'lga kiritdim, ammo klub miqyosidagi eng muhim maqsad Chempionlar Ligasini yutish va bu hali menga nasib etmagan. Albatta, chempionlik men uchun alohida ahamiyat kasb etgan bo'lardi. Faoliyatimni tugatishga hali vaqtim bor. Orzumga erishishga intilaman.

Umid qilamanki, “Stemford Brij”ga qaytish muvaffaqiyat olib keladi. Endi “Chelsi” bilan raqibmiz. “Chelsi” g'alabani istaydi, men ham xuddi shunday va shu tufayli klub muxlislaridan olqishlarni kutmayapman. Ammo ular meni xushtaklar bilan kutib olmaydi, degan umiddaman. Bariga tayyorman. Ishlar qanday rivoj olishini esa kuzatamiz”, deydi Kurtua.






O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: realmadrid.com