Kurtua "Barselona"ga qarshi o'yindagi g'alaba haqida gapirdi

Alisher
11 apr 2021, 08:25
"Real" darvozaboni Tibo Kurtua La Liga 30-tur doirasidagi "Barselona" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Sabr qilish, yaxshi himoyalanish va hamma birga bo'lishi kerak edi. Bunday yomg'irda qo'llar muzlaydi. Men doim harakatda bo'lishga harakat qildim, yaxshiyamki adrenalin bor edi.

Aks holda men baribir hushimni yo'qotardim. Ularning goli markazdan keldi. Biz Alba juda xavfli ekanligini bilardik va uni videoda o'rgangandik", - deydi Kurtua.

Madridliklar ushbu o'yindagi g'alabadan so'ng La Liga turnir jadvalida yetakchi bo'lib olishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS