Kunning yagona uchrashuvida imkoniyatlar tengmi?

Narzulla Saydullayev
17 apr 2015, 16:04
Soat 19:00da "Bunyodkor" stadionida Sergey Lushan o'zining sobiq jamoadoshi Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi "Navbahor"ga qarshi jamoasini maydonga tushiradi.
Bunyodkor (Toshkent) – Navbahor (Namangan)  
17 aprel 2015. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent), A. Sapenko (Toshkent vil.), A. Qo'ldoshev (Buxoro), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
UzPFL vakili: A. Mo'minov.
Imkoniyatlar: 50:50%

Joriy mavsum "Bunyodkor"ni xattoki o'z muxlislari taniy olmayaptilar. "Qizilqum" va "Buxoro" klublariga qarshi kechgan o'yinlarni inobatga olmaganda, qolgan uchrashuvlarda mag'lubiyatga uchrab kelyapti.

Tabbiyki, jamoasini doimiy ravishda guruhdan chiqib kamida chorak finalga yetib borishiga o'rganib qolgan muxlislar guruhdagi so'nggi o'rin va "Lokomotiv"dan uchralgan tarixdagi ilk yirik mag'lubiyatni xazm qila olmayaptilar. Bugungi raqib "Navbahor". Agar yuqoridagi holatlarni inobatga olsak, "Bunyodkor" va "Navbahor" o'rtasida jiddiy farq yo'q.

Ikki jamoani ham murabbiylik faoliyatini boshlaganiga ko'p bo'lmagan mutaxassislar boshqaryapti. Bu ham imkoniyatlarni qaysidir manoda tenglashtiradi.

Vohid Shodievni maydonga qaytishi "Bunryodkor" uchun yaxshi. Mavsum boshida murabbiyning rejasiga kirmagan bu hujumchi, murabbiy istasa istamasa, oliy liga uchun yaxshi hujumchi va u Rashidov bilan yaxshi chiqisha oladi.

Qolganini, bugungi o'yin ko'rsatadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia