Kuman LaLiganing 2 o'yiniga diskvalifikaciya qilindi

Mirjalol Normatov
24 sen 2021, 23:13
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kumanni "Kadis"ga qarshi o'yin vaqtidagi harakatlari uchun ikki o'yinga chetlatishdi.

Shu orqali u "Levante" va "Atletiko"ga qarshi o'yinlarda jamoasiga maydon chetida yordam bera olmaydi.

LaLiga rasmiy protokolida shunday deyilgan: "Uchrashuvning 90-daqiqasida mehmon jamoa bosh murabbiyi shunday sabab bilan chetlatildi: u to'rtinchi hakamga qo'pol munosabatda bo'lgan, qo'lini ko'targan holda shunday degan: "Hoy, hakam! U hushtakni chalishi kerak! Qo'lidagi lanati (so'kingan holda) hushtakni chalishi kerak!"

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal