Kuman: "Bartomeuning ketishi mening ishimga qanchalik ta’sir qilishini bilmayman"

Mirjalol Normatov
30 okt 2020, 22:55
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman klubning sobiq prezidenti Jozep Bartomeuning ishdan ketgani borasida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, seshanba kuni kataloniyaliklar prezidenti referendumda iste'foga chiqqanini ma'lum qilgandi.

"Bu mening ishimga qanchalik ta’sir o'tkazishini bilmayman. Bu mening ishim emas. Men jamoa sovrinlar uchun kurashishi yo'lida chin yurakdan mehnat qilyapman. Jurnalistlar o'zgarishlar haqida ko'p so'rashyapti, biroq men asabiylashganim yo'q. O'z ishimdan lazzat olyapman", - dedi Kuman.

"Barselona"ga yangi prezident mart oyida saylanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal