Kuman "Barselona"ga MYU, "Tottenxem", "Milan" va "Inter" futbolchilarini olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
9 okt 2021, 18:18
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman klub rahbariyatidan markaziy yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni so'ramoqda.

O'tgan yozda mutaxassis Jorjino Veynaldumning olib kelinishini istagandi. Ammo klubdagilar uni jamoaga olib kelishni eplay olmadi.

Ayni damda Ronaldning short-listidan "Tottenxem"dan Tangi Ndombele, "Inter"dan Marcelo Brozovich va "Milan"dan Frank Kessie kabi futbolchilar o'rin olgan.

Shuningdek, "Manchester Yunayted" asosiy tarkibiga kira olmayotgan Donni van de Bek atrofidagi vaziyat ham o'rganilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal