Kuman - "Barselona"dagi kelajagi haqida: "Hech nimani bilmayman"

Mirjalol Normatov
19 sen 2021, 18:50
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoadagi kelajagi borasida fikr bildirdi.

"Hech nimani bilmayman. Faqatgina jamoaning o'yini va ichki holat haqida o'ylayapman. Qolganlari esa menga bog'liq emas. Har bir o'yinda g'alaba qozonishga va jamoaning yaxshi o'yin ko'rsatishiga intilyapman. Jamoaning bir necha futbolchilari jarohatlangan. Ammo nima qilib bo'lsa ham yutishimiz kerakligini bilaman. Natijaga ko'p narsa bog'liq.

Kelajagimdan qo'rqmayman. Bu boradagi qarorni prezident qabul qiladi. O'z ishimga real qarayman. Messi, Suares, Grizmann kabi futbolchilari borligida jamoa "Bavariya"ga 8:2 hisobida yutqazgan. Biz esa hozirda tarkibni yoshartiryapmiz", - dedi Kuman.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca