Kuman "Barselona" markaziy hujumchi xarid qilishi kerakligini aytdi

Alisher
4 yanv 2021, 16:08
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman hujum chizig'ida yana bir o'yinchiga ehtiyoj sezayotganini aytdi.

"Bazi o'yinlarda bizga klassik "to'qqizlik" poziciyasida o'ynay oladigan futbolchi yetishmayapti. "Barselona"ga ko'proq gol urish uchun hujumda kimdir kerak.

Biroq bunday transfer ko'p omillarga bog'liq", - deydi niderlandiyalik mutaxassis.

Oldinroq, "ko'k-anorranglilar"ning Memfis Depay ("Lion") va Lautaro Martines ("Inter")ga qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

"Barselona" ayni damda La Liga jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Jamoa hisobida 28 ochko bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal