Kulibali hamda G'ulom koronavirusdan tuzaldi

19 fev 2021, 17:53
“Napoli” matbuot xizmati jamoa futbolchilari Kalidu Kulibali va Fauzi G'ulomning koronavirus infekciyasidan to'liq forig' bo'lgani haqida ma'lumot berdi.

Mazkur himoyachilarning infekciyani yuqtirib olgani 5 fevral kuni e'lon qilingan va ular izolyaciyaga olingan edi.

Kulibali va Fauzi yakshanba kuni o'tkaziladigan “Atalanta” bilan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: sscnapoli.it