Kroyff: "C" guruhi – "o'lim guruhi"

Sherzod Nurmatov
26 avg 2022, 21:47
"Barselona" sport bo'yicha maslahatchisi Chempionlar Ligasi qur'a tashlash marosimi haqida fikrlarini biddirib o'tdi.

Afsonaviy Yoxan Kroyfning o'g'li Yordi Kroyff qur'ada "ko'k-anorranglilar" bilan bir guruhga tushgan kvartetga yuqori baho berdi. 

Eslatib o'tamiz, "Barselona"ni "Bavariya", "Inter" va "Viktoriya" Plzen bilan uchrashuvlar kutmoqda.

"Qiyin bo'ladi, kuchli va katta jamoalar yig'ildi. Bu – "o'lim guruhi". Bu zavq olish va azoblanishga olib keladi.

Levandovski bu safar "Barselona"da harakatlanadi? Bu ijobiy holat. Uning uchun bu o'yinlar  ("Bavariya"ga qarshi – tahr) alohida ahamiyat kasb etadi, lekin biz uchun ham, chunki biz ularga qarshi ketma-ket uch-to'rtta og'ir o'yin o'tkazganmiz. Ammo endi hozir bizda boshqa jamoa bor. "Inter" Lukakuni qo'lga kiritish orqali kuchaydi va ularga qarshi ham qiyin o'yin kutib turibdi. Hammani hurmat qilishimiz kerak", – dedi "Barselona" rahbariyati vakili.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Blaugranes