
"Modrich jarohati biz uchun jiddiy zarba. Chunki u hozirgi mavsumning barcha uchrashuvlarida o'zining optimal o'yinini ko'rsatayotgan edi. U qachon safga qaytishini bilmayman, ammo bu xabar biz uchun yomonligi aniq" - deydi Kroos.
Eslatib o'tamiz, Modrich Xorvatiya va Italiya terma jamoalari o'rtasidagi Evro-2016 saralash o'yinida jarohat olgan edi.