Kroos faoliyatini yakunlagach, nimalar bilan band bo'lmoqchi?
Omonjon To`xtamirzayev
7 iyun 2024, 18:44
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini yakunlagach, nimalar bilan mashg'ul bo'lishi haqida gapirdi.
"Asosiy vaqtimni oilam bilan o'tkazmoqchiman. Shuningdek, rejaga ko'ra, Madriddagi akademiyam bilan shug'ullanaman. Elias Nerlix bilan birgalikda asos solganimiz Sevimlilar Ligasi ham sentyabr oyida start oladi".