Kroos Evro-2020dan so'ng Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Alisher
6 iyun 2021, 11:35
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Yevropa chempionati yakunlanganidan so'ng Germaniya terma jamoasidagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin.

"Men turnirdan so'ng qaror qabul qilaman. Evrodan so'ng o'ylab ko'raman va Xansi Flik bilan gaplashaman. Men uni ancha oldindan bilaman", - deydi futbolchi.

Kroos 2010 yildan beri Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

31 yoshli xavbek Bundestim tarkibida umumiy 101ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport1