

Xabar qilinishicha, o'yindan so'ng Eriksen terma jamoaning chatida quyidagi xabarni qoldirgan: "Men sizlar bilan faxrlanaman!"
29 yoshli Eriksen Evro-2020'ning 1-turidan o'rin olgan Daniya - Finlyandiya uchrashuvida maydonda yurak xurujiga uchradi. Shifokorlar futbolchini hayotga qaytarishga muvaffaq bo'lishdi, keyinchalik u Kopengagen klinikalaridan birida reabilitaciya qilindi, u yerda Kristianga defibrilator o'rnatildi.
Eslatib o'tamiz, Yevropa chempionatining yarim finalida daniyaliklar Angliya bilan o'ynaydi. Ushbu uchrashuv 7 iyul kuni Londonda bo'lib o'tadi.



