Kristian Eriksen APL tarixiga kirdi

1 apr 2019, 07:42
Kecha “Tottenxem” APL 32-turida “Liverpul”ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

“Tottenxem”ning o'yindagi yagona goliga 70-daqiqada Lukas Moura mualliflik qildi. Unga golli uzatmani esa Kristian Eriksen bergandi. Natijada daniyalik futbolchining joriy mavsum APLdagi golli uzatmalari soni 10 taga etdi. Eriksen ketma-ket 4 mavsumdan beri APLda 10 tadan kam bo'lmagan golli uzatma berib kelmoqda. Eriksen bu borada APL tarixidagi ikkinchi futbolchi bo'ldi. Avval bunday natijaga faqatgina “Manchester Yunayted” futbolchisi Devid Bekxem erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta