Krishtianu Ronaldu Paolo Maldini rekordini takrorladi

2 may 2018, 07:40
Yevropa Chempionlar Ligasi 2017/18 mavsum finali "Real" a'zosi Krishtianu Ronaldu uchun faoliyatidagi oltinchisi bo'ldi.

Portugaliyalik 33 yoshli futbolchi madridliklar safida 4-marta YCHL finaliga chiqdi. U "Manchester Yunayted" safida ham ikki marta Yevropa klublarining eng nufuzli musobaqasi finalida o'ynagan. Ularning birida g'olib bo'lgan, birida esa mag'lubiyatga uchragan. Krishtianu YCHLda (1992 yildan) "Milan"ning sobiq sardori Paolo Maldini rekordini takrorladi (6 ta final). 

Ronaldu bu borada musobaqa tarixida faqat uchta futbolchidan pastda turibdi: Maldini va Xento (Chempionlar kubogini qo'shib hisoblaganda 8 tadan final) va Di Stefano (7).

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live