Krishtianu Ronaldu: "Oltin to'p" topshirilish marosimiga boraman"

7 yanv 2014, 14:51
"Real" hudumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati doirasidagi "Selta"ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin intervyu berib, "Oltin to'p" topshirilish marosimiga borishini aytib o'tdi.
"Marosimga boraman. Bilmadim qay birimizga haqili ravishda bu sovrin topshirilarkin: mengami, Messigami yoki Riberiga. Men doim o'z ishimni qilishga, yani "Real"ning g'alabalariga yaxshi o'yinlarim bilan hissa qo'shishga urinaman.

"Agar "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsam - bu juda yaxshi, lekin olomasam ham hayot davom etaveradi va men uchun hech narsa o'zgarmaydi", dedi Ronaldu.

Manba: sports.ru