Krishtianu Ronaldu: Faoliyatimni Realda tugatishni o'ylayapman

Narzulla Saydullayev
22 noya 2013, 09:16
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatining oxirigacha Madrid klubida qolishga qarshi emas.
Kelajak haqiqda tez-tez o'ylayman. Ammo bu bilan nimadandir tashvishda emasman, faoliyatimni Realda tugatishga tayyorman.

Madridda men o'zimni yaxshi his qilaman. Dunyoning eng kuchli klubida shahar, muxlislar uchun o'ynashdan xursandman. Boshqa hech nima kerak emas.

Bernabeudagi har bir o'yin men uchun orzularimning ushalishidir. 

Bu yerda yana ko'p yillar qolmoqchiman, – deydi 28 yoshli futbolchi Cadena COPE radiosiga.

Eslatib o'tamiz, bir necha hafta oldin Krishtianu Ronaldu Madrid klubi bilan shartnomasini 2018 yilga qadar uzaytirgandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru